Abstract
Xozirgi kunda insoniyatga misli ko'rilmagan global "kurash" e'lon qilingan
bo'lib, bizning dushmanimiz esa-yangi aniqlangan koronavirus infeksiyasi hisoblanadi.
"Jang maydoni" bo'lib bizning shifoxonalarimiz hisoblansa, "askarlarimiz"- bu bizning
tibbiyot hodimlarimizdir. 2019-yil oxirlaridan boshlab Xitoy xalq respublikasining Uxan
shahri (Xubey provinsiyasi)da koronavirus infeksiyaning tarqalishi bo'yicha epidmarkaz
bo'ldi, qo'zg'atuvchiga vaqtinchalik 2019-nCoV nomi berildi. Jahon sog'liqni saqlash
tashkiloti 2020-yil 11-fevraldan e'tiboran bu qo'zg'atuvchiga COVID-19 "Coronavirus
disease 2019" nomi hamda Davlatlararo komitet viruslar toksonomiyasi bo'yicha yangi
virusga rasmiy SARS-CoV-2 nomi berildi. 2020-yil 11-martdan boshlab Jahon sog'liqni
saqlash tashkiloti pandemiyaning boshlanganligini e'lon qildi. Xozirda dunyo bo'ylab
COVID-19 bilan zararlanish 2 mlndan oshmoqda.